O‘zbekiston | 17:04 / 20.11.2025
1589
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda erkak shifokorlar ayol shifokorlarga nisbatan ko‘proq

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan shifokorlar soni 107,5 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, ularning 53,4 foizi erkak, 46,6 foizi esa ayollardan iborat.

Foto: Pixabay

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda barcha mutaxassisliklar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan shifokorlar soni 107,5 ming kishini tashkil etdi.

Shifokorlar soni 2023 yilga nisbatan 1,8 ming kishiga yoki 1,7 foizga ko‘paygani qayd etilgan.

Jins bo‘yicha taqsimot quyidagicha: ayollar — 50,1 ming kishi (46,6 foiz); erkaklar — 57,4 ming kishi (53,4 foiz).

Hududlar kesimida shifokorlar soni esa quyidagicha taqsimlangan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5,5 ming kishi;
Andijon viloyati — 8,1 ming kishi;
Buxoro viloyati — 6,7 ming kishi;
Jizzax viloyati — 2,8 ming kishi;
Qashqadaryo viloyati — 6,7 ming kishi;
Navoiy viloyati — 3,3 ming kishi;
Namangan viloyati — 6,2 ming kishi;
Samarqand viloyati — 11,5 ming kishi;
Surxondaryo viloyati — 4,8 ming kishi;
Sirdaryo viloyati — 2 ming kishi;
Toshkent viloyati — 7,4 ming kishi;
Farg‘ona viloyati — 9,9 ming kishi;
Xorazm viloyati — 6,2 ming kishi;
Toshkent shahri — 23,9 ming kishi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shifokorlar sonining yil sayin oshib borishi sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar salohiyatini mustahkamlash va tibbiy xizmat qamrovini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Mavzuga oid