Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulug‘bek Davlatov Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq, Ulug‘bek Davlatov Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Foto: O‘zA
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Ulug‘bek Bahodirovich Davlatov Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ulug‘bek Davlatov 1987 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodchi.
U.Davlatov 2011 yildan buyon Raqobat qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda — bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda departament direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Mavzuga oid
08:57 / 29.01.2026
15,5 mlrd so‘mlik tenderda qonunbuzilishlar aniqlandi
11:48 / 25.01.2026
12 ta korxonaning ustun muzokara kuchiga egaligi e’tirof etildi
13:49 / 19.01.2026
Dorixonalarda spirt o‘rniga loson taklif etilayotgani aniqlandi
12:22 / 13.01.2026