Jahon | 19:05 / 21.11.2025
1764
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada migrantlar uchun tibbiy yordam olish shartlari kuchaytiriladi

Endi bepul tibbiy xizmatdan foydalanish uchun chet el fuqarolari Rossiya hududida kamida besh yil qonuniy ravishda ishlagan bo‘lishi kerak.

Foto: RIA Novosti

Rossiya Davlat Dumasi yuqori malakali xodimlardan tashqari, mehnat migrantlari uchun majburiy tibbiy sug‘urta polisini olish qoidalarini kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi.

Yangiliklarga ko‘ra, endi bepul tibbiy xizmatdan foydalanish uchun chet el fuqarolari Rossiya hududida kamida besh yil qonuniy ravishda ishlagan bo‘lishi kerak. Favqulodda holatlar bundan mustasno.

Ilgari migrantlar Rossiyada uch yil ishlagandan so‘ng bepul tibbiy yordamga umid qilishi mumkin edi.

«Mamlakatimizga ishlash uchun kelgan va yuqori standartdagi ijtimoiy kafolatlardan foydalanmoqchi bo‘lganlar halol va qonuniy mehnat bilan bunga haqli ekanligini isbotlashi kerak», deb tushuntirdi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin.

Qonun loyihasi hukumat tomonidan joriy yil sentabr oyida kiritilgan va kelgusi uch yilga mo‘ljallangan federal budjet loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar to‘plamining bir qismidir. Tuzatishlar «Rossiya Federatsiyasida majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida»gi qonunga kiritilmoqda.

Avvalroq, migrantlar uchun Jamoatchilik palatasi Rossiyaga kirishda pullik tibbiy sug‘urta joriy etishni taklif qilgan edi. Tashabbus mualliflarining fikricha, bu davlat tibbiyot muassasalariga ortiqcha yuklamani kamaytirish imkonini beradi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid