Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni tashqi siyosat idoralari rahbarlari strategik muloqotining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Yuqori texnologiyalar, “yashil” va atom energetikasi, sun’iy intellekt, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kimyo va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston yetakchisi navbatdagi oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitish zarurligini ta’kidladi.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini faol amalga oshirish va uni boshqa transport yo‘laklari bilan bog‘lash muhimligi qayd etildi.

Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash va xavfsizlik masalalarida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘p tomonlama formatlarda yaqin siyosiy muloqot hamda hamkorlikni davom ettirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikka qarshi kurashish, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish zarurligi ta’kidlandi.
Shu yilning noyabr oyi oxirida O‘zbekistonda bo‘lajak Xitoy madaniyati kunlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga ishonch bildirildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
15:41
BAA kompaniyalari O‘zbekistonda yangi quyosh, shamol va GES loyihalarini amalga oshiradi
13:20
O‘zbekiston 2035 yilga qadar zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirish majburiyatini oldi
13:20
2030 yilgacha 17 ming MVtdan ortiq «yashil» energiya quvvatlari ishga tushiriladi
13:18