Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Samarqand pulli yo‘li qurilish ishlari 2026 yilda boshlanadi
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyevning ma’lum qilishicha, Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha DXSh loyihasi g‘olibi «deyarli» aniq, biroq u bilan hali shartnoma imzolanmagan.
Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha loyiha yakuniy bosqichda. Bu haqda 19 noyabr kuni davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha uchinchi davra suhbati doirasida Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Spot’ga ma’lum qildi.
Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, DXSh loyihasi g‘olibi «deyarli» aniqlangan, biroq u bilan hali shartnoma imzolanmagan. O‘z navbatida Choriyev tenderda g‘olib chiqqan kompaniya nomini ochiqlamagan.
«Loyiha yakuniy bosqichda. Biz qurilishni 2026 yil boshiga rejalashtirmoqdamiz», — dedi transport vaziri o‘rinbosari.
Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026−2028 yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyasida ham 2026 yilda Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon yo‘nalishlarida pulli avtomobil yo‘llarini qurish loyihalari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgandi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026