2026 yilda Toşkentdan Samarqand va Andijonga pulli yöllar qurilişi boşlanadi. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026−2028 yillarga möljallangan fiskal strategiyasida qayd etilişiça, 2026 yilda Toşkent-Samarqand va Toşkent-Andijon yönalişlarida pulli avtomobil yöllarini quriş loyihalari amalga oşiriladi.

Şuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi xalqaro avtomagistral yöllarni ta’mirlaş va qurişni, şuningdek, mavjud yöllarning ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş va xavfsizligini yaxşilaş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturini amalga oşirişni rejalaştirmoqda. 

Bu xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan va ilğor tajribani inobatga olgan holda bajariladi.