Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ukraina juda qiyin tanlov qarshisida» – Zelenskiy millatga murojaat qildi
Zelenskiy AQShning tinchlik rejasi bo‘yicha muzokaralarni nazarda tutib, diplomatiyadan voz kechmasligini, biroq Ukraina milliy manfaatlari hisobga olinishi kerakligini ta’kidladi.
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh tinchlik rejasini qabul qilishi uchun bosim o‘tkazayotgani haqidagi xabarlar fonida ukrainlarga murojaat bilan chiqdi. «Meduza» ushbu murojaatning umumiy mazmunini keltirdi.
«Hozir tariximizdagi eng og‘ir damlardan biri. Ukraina juda qiyin tanlov qarshisida turibdi: yoki qadr-qimmatni yo‘qotish, yoki asosiy hamkorini yo‘qotish xavfi. Yoki qiyin 28 band [ni qabul qilish], yoki juda og‘ir qahraton qish va boshqa xavf-xatarlar. Bizdan ikki marta hujum qilganlarga ishonishni so‘rashmoqda va javob kutishmoqda.
Biz xotirjamlik ko‘rsatamiz, lekin shu bilan birga AQSh va hamkorlar bilan tez ish olib boramiz – va dushman Ukraina tinchlikni xohlamayapti deyishiga o‘rin qoldirmaymiz. Men tinchlik rejasida ikkita narsa – ukrainlarning qadr-qimmati va erkinligi hisobga olinishi uchun kurashaman. Urush tugashi, lekin Ukraina, Yevropa va global dunyo tugamasligi uchun hamma ishni qilamiz,.
Biz deyarli to‘rt yildan beri dunyodagi eng yirik armiyalardan birini to‘xtatib turibmiz. Odamlarimiz urush tugashini istaydi. Biz po‘latdek mustahkammiz, lekin har qanday, hatto eng mustahkam metall ham bardosh bera olmaydi. Urushning birinchi kuni qochib qolmadik. Shuning o‘zi ham qadr-qimmat, shu ham erkinlik. Rossiya uchun eng qo‘rqinchlisi – ukrainlarning birdamligi. Hozir bu bizga munosib tinchlik uchun har qachongidan ham ko‘proq kerak. Odamlar, fuqarolar, siyosatchilar – hammamiz birlashishimiz, janjallashishni, siyosiy o‘yinlarni bas qilishimiz kerak. Ortimda Ukraina xalqi turganini bilsam, munosib tinchlikka erishishim osonroq bo‘ladi.
Kelgusi hafta oson bo‘lmaydi. Bizni o‘zaro urishtirib qo‘yish uchun ko‘p bosimlar bo‘ladi. Dushman biz hech narsaga erisha olmasligimiz uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Unga bunday qilishga yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Biz tinchligimiz, qadr-qimmatimiz, erkinligimiz uchun Ukraina ichida birdam bo‘lishimiz kerak. Men yolg‘iz emasligimga ishonaman va bilaman».
Mavzuga oid
15:21
Yevropa yetakchilari Trampning Ukraina bo‘yicha rejasiga ishonmayapti - Der Spiegel
13:45
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
23:21 / 04.12.2025