Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy aviakompaniyasi O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni kengaytiradi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib, O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar soni va geografiyasini kengaytirish, shu orqali kelayotgan sayyohlar oqimini oshirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi rahbariyati bilan kelayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida Xitoy tomoni China Southern Airlines uchun O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi asosiy yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi. Shu munosabat bilan parvozlar soni va geografiyasini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirildi.
Tomonlar qo‘shma marketing va reklama kampaniyalarini amalga oshirish, shuningdek savdo, iqtisodiyot, madaniyat va turizm sohalarida almashinuvni faollashtirishga qaratilgan taqdimotlar va press-turlar o‘tkazishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Muloqot yakunida bunday tashabbuslar ikki tomonlama sheriklikni mustahkamlash, shuningdek turizm sohasini o‘zaro rivojlantirish va O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimini yanada oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
21:17
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
08:22 / 05.06.2026