Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru hibsga olindi
Uy qamog‘ida bo‘lgan Bolsonaru federal politsiya bosh qarorgohiga olib ketildi.
Foto: Adriano Machado/Reuters
Braziliya Oliy sudi davlat to‘ntarishini tayyorlashda ayblanib, 27 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan sobiq prezident Jair Bolsonaruni hibsga olishga qaror qildi, deb xabar berdi Associated Press sobiq prezident yordamchisi Andriyeli Chirinoga tayanib.
Bolsonaru avgust oyidan beri uy qamog‘ida edi. Yordamchining so‘zlariga ko‘ra, u bugun ertalab hibsga olingan va Braziliyadagi federal politsiya bosh qarorgohiga olib ketilgan.
Sud qarorida hibsga olish «sobiq prezidentning qadr-qimmatiga to‘liq hurmat bilan, kishansiz va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmasdan amalga oshirilishi kerakligi» ko‘rsatilgan.
Bolsonaruning advokati Reuters nashriga hibsga olish sabablarini tushuntirmadi. Vaziyatdan xabardor manba uni uy qamog‘i shartlari buzilgani uchun «profilaktik chora» deb atadi.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident saylovda o‘z raqibi, amaldagi prezident Luis Inasiu Lula da Silvaga xalaqit berishga uringan.
Mavzuga oid
19:19 / 13.11.2025
«Pulga to‘ymaysanlar». Amazoniya tub aholisi vakillari iqlim sammitiga bostirib kirishdi
11:57 / 30.10.2025
Riodagi qonli reyd: qurbonlar soni 130 kishidan oshdi
10:11 / 30.10.2025
Braziliyada narkomafiyaga qarshi operatsiya: deyarli 120 kishi halok bo‘ldi
16:12 / 29.10.2025