Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘nalishlardagi avtobuslar yangilanmoqda
2025 yil 13 oktyabr kuni «Toshshahartransxizmat» AJ parkni yangilash doirasida Xitoyda ishlab chiqarilgan 202 dona Yutong rusumli elektrobusni qabul qildi. Yangi texnika asosida poytaxtdagi ayrim yo‘nalishlar harakat tarkibi o‘zgartirilmoqda.
«Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida:
- 2025 yil 22 noyabrdan 49-sonli yo‘nalish harakat tarkibiga Yutong rusumli avtobuslar joylashtirildi;
- shu kundan boshlab 35-sonli yo‘nalishda MAN rusumli avtobuslar harakatlanmoqda;
- 2025 yil 24 noyabrdan esa 128-sonli yo‘nalish harakat tarkibi ham MAN rusumli avtobuslar bilan ta’minlanadi.
Kompaniya tomonidan qayd etilishicha, harakat tarkibini bosqichma-bosqich yangilash yo‘lovchilar uchun qulaylik va xavfsizlikni oshirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026