Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Ukraina bo‘yicha yangi maxsus vakilini tayinladi
Den Driskoll AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili bo‘lgani aytilmoqda. U iste’foga chiqqan Kit Kellog o‘rnini egallaydi.
AQSh armiyasi vaziri Den Driskoll prezident Donald Trampning Ukraina masalasi bo‘yicha yangi maxsus vakili bo‘ldi, deb xabar berdi The Guardian manbalari.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, bir guruh amerikalik generallar Driskoll boshchiligida kelasi hafta oxirida Kreml bilan tinchlik rejasini muhokama qilish uchun Moskvaga boradi.
Driskoll AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vensning do‘sti va sobiq sinfdoshi. Oq uyda uni Tramp jamoasining eng samarali a’zolaridan biri sifatida ta’riflashadi. Avvalroq Tramp Ukraina bo‘yicha maxsus vakil etib tayinlagan va uning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagan Kit Kellog iste’foga chiqishga tayyorlanayotgani ma’lum bo‘lgandi.
20 noyabr kuni Driskoll boshchiligidagi AQSh yuqori martabali harbiy amaldorlari delegatsiyasi Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shundan so‘ng u Trampning tinchlik rejasini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, delegatsiya Yevropa vakillari bilan ham uchrashdi, deb yozdi Financial Times. Amerikaliklarning ta’kidlashicha, ularning rejasi «deyarli muhokama qilinmasligi lozim», chunki Ukraina «juda yomon ahvolda» bo‘lgani uchun kelishuv tuzishiga to‘g‘ri keladi.
21 noyabr kuni Zelenskiy xalqqa murojaat bilan chiqdi. U Amerika rejasini izohlar ekan, Ukraina oldida «yo qadr-qimmatini yo‘qotish, yoki asosiy hamkorini yo‘qotish xavfi» borligini aytdi va o‘z mamlakatiga xiyonat qilmasligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
18:44 / 14.06.2026