O‘zbekiston | 17:20 / 22.11.2025
12213
2 daqiqa o‘qiladi

Yana 15 kun quruq xavomi?

Kelayotgan 10 kunlikda O‘zbekistonda yana quruq va mavsumga xos bo‘lmagan issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik dekabrning ikkinchi o‘n kunligida yuz berishi oydinlashmoqda. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Tinch okeani markazida suv haroratining juda past darajada saqlanishi, ya’ni La-Ninya hodisasi davom etmoqda. Ushbu holat mintaqaga kuz-qish oylarida nam havo oqimlari kirib kelishini kamaytiradi. Kelayotgan 15 kunlikda ham O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lmasligi aniq bo‘lmoqda.

O‘zgidrometning uzoq muddatli prognoziga ko‘ra, qish umumiy ma’noda iliqroq bo‘lishi, yog‘ingarchilik bo‘yicha ayrim oylarda me’yoriy, ayrimlarida me’yordan kam yog‘in bo‘lishi aytilmoqda.

Dekabr respublikaning katta qismida me’yordan 1-1,5 daraja yuqori, ya’ni iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yanvar so‘ngi o‘n kunligi va fevral boshlarida anomal sovuqlik to‘lqinlari mintaqaga kirib kelishi mumkin ekan. Nukus va Urganchda tungi harorat qiymatlari bu paytda —25 darajagacha, boshqa hududlarda —18 darajagacha pasayishi qo‘shimcha qilingan.

Mavzuga oid