Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda «Matiz» yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
«Matiz» o‘z oldidagi avtomobilni quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan, lekin ro‘paradan kelayotgan «Zil-130» bilan to‘qnashgan. Yengil mashina salonidagi uch kishi voqea joyida halok bo‘lgan.
23 noyabr kuni Jizzax shahrida uch kishi o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ichki ishlar vazirligi YHXX ma’lumotiga ko‘ra, fojia soat 08:10 larda Jizzax shahri «Amir Temur» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan D-050 «Jizzax–G‘allaorol» avtomobil yo‘lida ro‘y bergan.
Ma’lum qilinishicha, «Matiz» rusumli avtomobil o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan boshqa bir avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan, lekin ro‘paradan kelayotgan «Zil-130» rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida «Matiz» haydovchisi hamda ikki yo‘lovchisi olingan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.
Tezkor tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hodisa sodir bo‘lgan yo‘lning umumiy kengligi 7,6 metr bo‘lib, davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘li hisoblanadi. Unda oxirgi marta 2024 yil qayta ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026