Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
Buxoro shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida er-xotin va ularning ikki farzandi jonsiz holda topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning o‘limiga noma’lum etiologik zaharlanish sabab bo‘lgan. Oila boshlig‘i IIB xodimi, ayoli esa mahalla raisi bo‘lgan.
Foto: Kun.uz
Buxoroda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga bildirishicha, holat 2025 yil 23 noyabr kuni Buxoro shahrining Hamza ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida 43 yoshli erkak, 40 yoshli turmush o‘rtog‘i hamda ularning 2 nafar voyaga yetmagan qizi vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspert mutaxassislarining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, o‘lim holatlariga noma’lum etiologik zaharlanish oqibatida o‘tkir nafas va yurak-qon tomir faoliyati yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Kun.uz’ning aniqlik kiritishicha, oila boshlig‘i O.E ichki ishlar xodimi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i esa mahalla raisi lavozimida ishlagan. Ularning o‘g‘illari o‘sha kuni buvisining uyiga mehmonga ketgani tufayli tirik qolgan.
Hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruvi olib borilmoqda.
Avvalroq Andijonda ichki ishlar xodimi va uning voyaga yetmagan qizi is gazidan vafot etgandi.
Mavzuga oid
16:16 / 21.11.2025
Andijonda ichki ishlar xodimi va uning voyaga yetmagan qizi is gazidan vafot etdi
08:31 / 20.11.2025
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
13:02 / 04.11.2025
FVV isitish mavsumi uchun xavfsizlik eslatmalarini e’lon qildi
13:00 / 01.11.2025