Jamiyat | 16:33 / 24.11.2025
1782
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi

Noyabrning oxirgi ish haftasida O‘zbekiston bo‘ylab quruq ob-havo saqlanib qoladi. Harorat kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.

Noyabr oyining so‘ngi ish haftasida O‘zbekiston hududida quruq ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Harorat kunduzi +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida borib harorat shimoliy va cho‘l hududlarda 23 darajaga pasayadi.

Kechasi va ertablari respublika hududining asosiy qismida 0…+5, shimolda 1…3 darajagacha bo‘ladi. Sharqdan biroz mayin shamol esib turadi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati kechasi +3…+5 daraja, kunduzi +15…+18 daraja bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid