Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarda moliyaviy xizmatlar hajmi oshmoqda: lider – Toshkent shahri
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 123,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,5 foizga ko‘pdir. Eng katta ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga muvofiq, hududlar kesimida moliyaviy xizmatlar hajmi quyidagicha taqsimlandi:
- Toshkent shahri – 71,2 trln so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 6,4 trln so‘m;
- Andijon viloyati – 6,2 trln so‘m;
- Toshkent viloyati – 5,2 trln so‘m;
- Samarqand viloyati – 5,1 trln so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 4 trln so‘m;
- Buxoro viloyati – 3,9 trln so‘m;
- Xorazm viloyati – 3,7 trln so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 3,4 trln so‘m;
- Namangan viloyati – 3,1 trln so‘m;
- Navoiy viloyati – 3,1 trln so‘m;
- Jizzax viloyati – 3 trln so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3 trln so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 2,1 trln so‘m.
Ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy xizmatlar bozorining asosiy qismi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hududlarda ham bank, sug‘urta, kredit va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarga talab ortib borayotgani qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi
16:48 / 31.03.2026
Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari uydan ishlashga o‘tkazilishi mumkin
15:29 / 31.03.2026