Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sudyalar va sud xodimlari kuni belgilanadi
Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qonunchilik normalari sud mustaqilligiga oid xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi. Sudyalar korpusida gender tenglikni ta’minlash maqsadida Odil sudlov akademiyasining kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilishda har yili xotin-qizlar uchun kvota ajratiladi.
Sudyalar va sud xodimlari kuni belgilanadi. Bu haqda prezidentning “Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida keltirib o‘tildi.
Hujjatda Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud va Bosh prokuraturaga ikki oy muddatda quyidagilar bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma kiritish topshirilgan:
- adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qonunchilik normalarini sud mustaqilligiga oid xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish;
- kengash a’zolarining sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash borasidagi faoliyatiga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlik choralarini belgilash;
- sudyalar va sud xodimlari kunini belgilash.
Hujjat bilan Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudning sudyaga nisbatan intizomiy ish ko‘rib chiqishda uning himoyaga bo‘lgan huquqini taqdim etish, quyi sudyalik lavozimiga o‘tkazish intizomiy jazo chorasini joriy etish, intizomiy jazo amalda bo‘lgan vaqtda yuqori sudyalik lavozimiga tavsiya etilmaslik, sudyani intizomiy javobgarlikka tortish asoslarining mezonlarini belgilash kabi takliflari ma’qullangan.
Shuningdek, Sudyalar korpusida gender tenglikni ta’minlash maqsadida Odil sudlov akademiyasining kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilishda har yili kengash tomonidan xotin-qizlar uchun kvota belgilash nazarda tutilmoqda.
Sud tizimida kamida besh yillik mehnat tajribasiga va ilmiy salohiyatga ega sudyalar qonunchilikda belgilangan tartibda Odil sudlov akademiyasiga professor-o‘qituvchi lavozimiga tayinlanganda akademiyadagi faoliyati tugagandan so‘ng uning muqaddam ishlagan sudyalik lavozimida ishni davom ettirishi, bo‘sh turgan sudyalik lavozimi bo‘lmagan taqdirda, roziligi bilan avvalgisiga teng boshqa sudyalik lavozimiga o‘tkazilishi belgilanmoqda.
Mavzuga oid
11:46 / 14.04.2026
Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi
18:18 / 05.03.2026
Samarqandda sudya 300 dollar olayotganda ushlandi
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
14:56 / 15.01.2026