Jahon | 22:14 / 25.11.2025
5702
2 daqiqa o‘qiladi

Adolf Hitler Namibiyadagi saylovda beshinchi marta ishtirok etadi

Namibiyada mahalliy siyosatchi Adolf Hitler yana saylovda ishtirok etadigan bo‘ldi. Uning g‘alati ismi doimiy ravishda jahon matbuoti e’tiborini tortadi.

Foto: Facebook

Germaniyaning sobiq mustamlakasi bo‘lgan Namibiyada navbatdagi hududiy saylovlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda va nomzodlardan biri doimiy ravishda jahon ommaviy axborot vositalarining e’tiborini tortmoqda. Gap hukmron SWAPO partiyasidan Ompunja okrugining amaldagi vakili – Adolf Hitler Uunona haqida ketmoqda.

Uunona muvaffaqiyatli va mashhur mahalliy siyosatchi bo‘lib, birinchi marta 2004 yilda saylangan. Uning beshinchi marta o‘z lavozimiga nomzodini qo‘yish haqidagi qarori namibiyaliklar uchun oddiy yangilik bo‘lsa-da, mamlakat tashqarisida doimiy ravishda hayrat va qiziqish uyg‘otadi.

Uunona so‘zlariga ko‘ra, uning otasi, ehtimol, o‘g‘liga ism qo‘yish paytida «Adolf Hitler kim bo‘lganini yaxshi anglamagan». U o‘z shaxsiy dunyoqarashi natsizm g‘oyasiga butunlay zid ekanini ta’kidlaydi.

«Men jahon hukmronligiga intilmayman. Men faqat o‘z xalqim uchun ishlashni xohlayman», dedi Uunona intervyularidan birida.

Namibiya (ilgari – Germaniyaning Janubi-G‘arbiy Afrikasi) 1884 yildan 1915 yilgacha davom etgan Germaniya mustamlakachilik boshqaruvi izlarini hali ham saqlab turibdi. Nemis ismlari va familiyalari bu yerda kamyob emas va ba’zi hollarda bu shunday tarixiy tasodiflarga olib keladi.

Jahon miqyosidagi shov-shuvga qaramay, mahalliy darajada siyosatchining g‘alati ismi unga keng qo‘llab-quvvatlanishga ega bo‘lishga to‘sqinlik qilmaydi. Ompundja okrugidagi saylovchilar uning faoliyatini tarixiy shaxs bilan mos kelgan ismiga qarab emas, balki aniq yutuqlariga qarab baholaydi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid