Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda eng unumdor yerlar qayerda? Yangi xarita e’lon qilindi
Tuproq unumdorligi - bu uning o‘simliklarni o‘sish uchun zarur bo‘lgan sharoitlar bilan ta’minlash, yuqori hosil olish imkonini beruvchi xususiyatidir. Unumdor tuproqlar ichida, odatda, chirindiga boy bo‘lgan qora tuproqlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Ular quvvatli, to‘q rangli, organik moddalarga boy tuproq bilan xarakterlanadi. Shuningdek, to‘q rangli tuproqlarga kashtan tuproqlar (Kastanozems) va qorasifat (Phaeozems) tuproqlar ham kiradi.
Foto: Shutterstock
Yevrosiyoda unumdor tuproqlar Markaziy Yevropadan Rossiyaning quyosh chiqar tomonidagi (qit’a sharqidagi) hududlarigacha cho‘zilgan. Yevrosiyo dashtlari dunyodagi asosiy qora tuproq zonalaridan biri hisoblanadi. U Xorvatiyaning sharqidan Sibirgacha, Serbiya va Bolgariya shimoli, Ruminiya janubi va sharqi, Moldova, Ukraina va Rossiya markaziy mintaqalari orqali ketadi. Rossiyadagi eng hosildor yerlar Kursk, Voronej va Tambov viloyatlarida joylashgan.
Shuningdek, qora tuproqlar Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston va Xitoyda ham mavjud. Polsha va Vengriyada ham ular uchraydi. Yana bir qora tuproqli yerlar kamari Shimoliy Amerikada joylashgan bo‘lib, u Manitobadan AQShning Katta tekisliklaridan o‘tib Kanzasgacha cho‘ziladi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil holatiga Rossiyada qora tuproqlar maydoni 326,8 million gektarni tashkil etgan. Birinchi uchlikka, shuningdek, Qozog‘iston (107,7 million gektar) va Xitoy (50 million gektar) kirgan. Keyingi o‘rinlarda Argentina (39,7 million gektar) va Mo‘g‘uliston (38,6 million gektar) turadi. O‘ntalikka, shuningdek, Ukraina, Kanada, AQSh, Kolumbiya va Meksika kiradi.
Shu bilan birga, butun dunyo bo‘yicha qora tuproqlarning taxminan 31 foizi qishloq xo‘jaligida qayta ishlatiladi (ya’ni sug‘oriladi, ekiladi). Yerlarning katta qismi o‘rmonlar va yaylovlar bilan qoplangan. Qayta ishlatilmaydigan qora tuproqli hududlar asosan Rossiya va Kanada hududlarida uchraydi.
Mavzuga oid
08:20 / 26.11.2025
Toshkent viloyatida 8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
07:31 / 26.11.2025
Yashil tiklanish yetakchilari: 10 yilda o‘rmon maydonini eng ko‘p oshirgan davlatlar
10:19 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Ispaniya zaytunchilikda hamkorlikni kuchaytiradi
10:15 / 21.11.2025