Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guliston shahriga yangi hokim tayinlandi
Guliston shahrida xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shahar hokimi almashdi. Jamoliddin Hojimanov lavozimidan ozod etildi, Farrux O‘ktamjonov esa shahar hokimi etib tasdiqlandi.
Guliston shahrida xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan sessiya ishida Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkin Turdimov ishtirok etdi.
Erkin Turdimov o‘z nutqida shaharda qator yo‘nalishlarda qoloqlikka yo‘l qo‘yilayotganini ta’kidladi. Jumladan, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, eksport ko‘rsatkichlarini oshirish borasida shahar rahbariyatining harakatlari yetarli emasligi qayd etildi.
Shaharni yanada rivojlantirish yo‘nalishida ishga solinmagan imkoniyatlar haqida deputatlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, shu kunga qadar Guliston shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Hojimanov Jamoliddin Husniddinovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Deputatlar tomonidan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan O‘ktamjonov Farrux O‘ktamjonovich nomzodi Guliston shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Jamoliddin Hojimanov 2024 yil mart oyi boshida Guliston shahar hokimi sifatida ish boshlagandi. Undan avvalgi hokim To‘lqin Dadaboyev sog‘ligidagi muammolar sabab o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
09:50
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi
14:15 / 04.12.2025
Prezident Gulistondagi gaz portlashida jabrlanganlar holidan xabar oldi
21:40 / 03.12.2025