Jamiyat | 15:21 / 25.11.2025
1803
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 12 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar organlari hamda Bojxona qo‘mitasi hamkorligida Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga jiddiy zarba berildi.

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Xususan, Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A.ning yashash xonadonidan 5 kilogramm, Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 1974 yilda tug‘ilgan D.A.ning uyidan esa 2 kilogramm 326 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi aniqlanib, tegishli tartibda olindi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki shaxs ham giyohvand moddani o‘z yashash uylarida yetishtirib, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelgan. Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Boshqa holatda Rossiya Federatsiyasidan olib kelinayotgan sintetik giyohvandlik vositasi DXX hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Toshkent tumanidagi “Navoiy” chegara bojxona postiga Qozog‘istondan kirib kelgan, Toshkent shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan A.A. hamda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida istiqomat qiluvchi 1994 yilda tug‘ilgan M.A.ga tegishli ikki dona reduktor tekshirilganda, ularning ichida jami 4 kilogramm 965 gramm “klefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida Toshkent shahrida ushbu “ajal og‘usi”ni qabul qilib olgan ularning yana uch nafar sheriklari — E.B., I.I. va O.J. ham qo‘lga olingan.

Tergovga ko‘ra, giyohvand modda turli messenjerlar orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi tomonidan yuborilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid