Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya, Xitoy va qo‘shni davlatlar - O‘zbekiston eksportida asosiy bozorlar
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 29 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Eksportda Rossiya, Xitoy va qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari asosiy savdo hamkorlari sifatida yuqori ulushni egallamoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 29 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,8 foizga yuqori ekani qayd etilgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan top-10 davlatlar quyidagilardan iborat (raqamlar yaxlitlangan):
- Rossiya – 3,6 mlrd AQSh dollari;
- Xitoy – 1,6 mlrd AQSh dollari;
- Qozog‘iston – 1,2 mlrd AQSh dollari;
- Afg‘oniston – 1,2 mlrd AQSh dollari;
- Turkiya – 942,4 mln AQSh dollari;
- Fransiya – 774,3 mln AQSh dollari;
- Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) – 610,8 mln AQSh dollari;
- Qirg‘iz Respublikasi – 491,5 mln AQSh dollari;
- Tojikiston – 470,9 mln AQSh dollari;
- Pokiston – 319,7 mln AQSh dollari.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya va Xitoy bilan bir qatorda, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi qo‘shni davlatlar O‘zbekiston mahsulotlari uchun asosiy eksport bozorlari bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, Turkiya, Fransiya, BAA va Pokiston kabi mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik ham izchil rivojlanib bormoqda.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
20:40 / 13.02.2026
Mers: Urush Rossiya iqtisodiy va harbiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi
16:06 / 13.02.2026
O‘zbekiston importida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi
13:54 / 13.02.2026