Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy asos solgan FBK Rossiyada «terrorchi tashkilot» deb tan olindi
Rossiya Oliy sudi Bosh prokuratura da’vosi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (FBK) yuridik shaxsini «terrorchilik tashkiloti» deb e’lon qildi. Navalniyning safdoshlari bu qarorni noqonuniy deb atadi va ishlashda davom etishini aytdi.
Rossiya Oliy sudi 27 noyabr kuni Bosh prokuratura da’vosiga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (FBK) - Anti-Corruption Foundation, Inc. (AQSh) yuridik shaxsini «terrorchilik tashkiloti» deb e’lon qildi. Endi Aleksey Navalniy asos solgan tashkilot bilan bog‘liq har qanday faoliyat Rossiyada terrorchilik faoliyati sifatida baholanadi. Bundan tashqari, jinoiy modda bo‘yicha ayblovni hatto tashkilotni qo‘llab-quvvatlashga chaqirganlik uchun ham olish mumkin bo‘ladi. Tashkilotga qilingan xayriyalar uchun 8 sakkiz yil o‘rniga 15 yilgacha qamoq jazosi tahdid soladi.
Navalniyning safdoshlari faoliyatini davom ettirishga va’da berdi.
«Biz terrorchi emasmiz va buni hamma tushunadi. Buni biz va tarafdorlarimiz yaxshi tushunamiz. Bunday qarorlarni imzolayotganlar ham buni yaxshi tushunadi. Terrorchilar Vladimir Putin va uning malaylari - urushni boshlagan, tinch aholi va siyosiy raqiblarni o‘ldirayotgan, odamlarni qamoqqa tiqayotganlardir. Biz ishlashda davom etamiz. Tergov qilish, haqiqatni aytish, siyosiy mahbuslarga yordam berish - Rossiya ozod bo‘lishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz», deyiladi «Komanda Navalniy» Telegram-kanalida e’lon qilingan postda.
Navalniy jamoasi o‘z tarafdorlarini Rossiya hukumatidan qo‘rqmaslikka va FBKni - ham ma’naviy, ham imkoniyat bo‘lsa, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (FBK, Fond borby s korrupsiyey) Rossiya elitasiga bag‘ishlangan bir nechta shov-shuvli surishtiruvlarni e’lon qilgan. Xususan, 2021 yil yanvar oyida Gelenjik yaqinida Vladimir Putin uchun qurilayotgan saroy haqidagi film YouTube’da bir necha kun ichida 75 milliondan ortiq marta ko‘rildi.
Rossiya Adliya vazirligi 2019 yil oktabr oyida FBKni «chet el agenti», deb tan olgan edi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026