Ayollar dunyosi | 13:56 / 27.11.2025
912
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta’limda ayol professor-o‘qituvchilar ulushi 46 foizga yetdi

2024-2025 o‘quv yili boshida O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchi xodimlarining qariyb yarmini ayollar tashkil etmoqda - ularning ulushi 46,2 foizga yetdi.

Foto: Marifat.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yili boshida mamlakat OTMda (o‘rindoshlarsiz) mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan professor-o‘qituvchi xodimlar soni 49,6 ming kishini tashkil etgan.

Professor-o‘qituvchi xodimlar umumiy sonida:

erkaklar — 26,7 ming nafar (53,8 foiz);
ayollar — 22,9 ming nafar (46,2 foiz) ulushga ega.

Bu ko‘rsatkich 2020-2021 o‘quv yili boshiga nisbatan 17,5 ming kishiga, ya’ni 54,5 foizga o‘sgani qayd etilgan.

Hududlar kesimida professor-o‘qituvchi kadrlar quyidagicha joylashgan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2,7 ming nafar;
  • Andijon viloyati — 3,1 ming nafar;
  • Buxoro viloyati — 3,2 ming nafar;
  • Jizzax viloyati — 2,1 ming nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 2,2 ming nafar;
  • Navoiy viloyati — 1,1 ming nafar;
  • Namangan viloyati — 2,3 ming nafar;
  • Samarqand viloyati — 4 ming nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 2 ming nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 0,7 ming nafar;
  • Toshkent viloyati — 2,5 ming nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 2,7 ming nafar;
  • Xorazm viloyati — 2,1 ming nafar;
  • Toshkent shahri — 18,9 ming nafar.

Statistikaga ko‘ra, professor-o‘qituvchi kadrlarning eng yuqori to‘planishi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Ayol mutaxassislarning ulushi o‘sib borishi esa oliy ta’lim tizimida gender muvozanatini ta’minlash yo‘nalishidagi o‘zgarishlarni namoyon etmoqda.

Mavzuga oid