Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
2025 yil 27 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Somalining mamlakatdagi birinchi elchisi Fatxudin Ali Mohamedning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Tomonlar ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga sodiqlikni tasdiqladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Somali Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi birinchi elchisi Fatxudin Ali Mohamedni qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida elchi Fatxudin Ali Mohamed o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi. TIV rahbari ushbu voqeani ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar rivojida muhim qadam sifatida qayd etdi.
Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalidagi xabarda Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini topshirgani, muloqot chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorlik bildirilganini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida elchi Fatxudin Ali Mohamedga mas’uliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi. Tomonlar o‘zaro ishonch va o‘zaro manfaatli sheriklik ruhida samarali va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
10:07 / 20.04.2026
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi
20:49 / 18.04.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
21:38 / 12.03.2026