Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa kosmik agentligi ilk bor mudofaa sohasi bilan shug‘ullanadi
Yevropa kosmik agentligi (ESA) ishtirokchi davlatlardan kelasi uch yil uchun 22 mlrd yevro mablag‘ so‘radi. Uning budjeti sezilarli oshishi, jumladan, Yevropaning kosmosdagi harbiy mavjudligini kuchaytirish zarurati bilan bog‘liq.
Yevropa kosmik agentligi (ESA) o‘zining ishtirokchi davlatlaridan kelgusi uch yil uchun 22 mlrd yevro miqdorida moliyalashtirish so‘radi. Bu avvalgi budjetdan 36 foizga ko‘p, deya xabar berdi chorshanba, 26 noyabr kuni Bloomberg agentligi. Shu kuni Bremen shahrida ESA'ga a’zo 23 davlatning kosmos masalalari bo‘yicha vazirlari ikki kunlik yig‘ilishi boshlandi. Unda Yevropa harbiy mavjudligini kosmosda kuchaytirishga qaratilgan qiymati 1,35 mlrd yevro bo‘lgan dastur taqdim etiladi. 1975 yilda fuqarolik tashkiloti sifatida tashkil etilgan agentlik ilk bor mudofaa loyihalari bilan shug‘ullanadi.
Yevropa Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va AQSh prezidenti Donald Tramp bosimiga javob tariqasida mudofaa xarajatlarini oshirayotgan bir paytda, ESA bosh direktori Yozef Ashbaxer “Kosmosdan Yevropa barqarorligi” (European Resilience in Space) nomli dasturni taklif qildi. U ESA'ga a’zo davlatlarga o‘z kosmik resurslaridan birgalikda foydalanish imkonini beradi. Ashbaxerning fikricha, endi kosmik dasturlarni moliyalashtirishni tobora ko‘proq mudofaa vazirliklari amalga oshiradi, holbuki oldin Yevropada buni asosan fuqarolik vazirliklari qilar edi.
“Kosmosdan Yevropa barqarorligi” dasturi Iris2 kabi loyihalardan foydalanadi — u Ilon Maskning Starlink aloqa sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘iga Yevropa tomonidan yaratilayotgan muqobil, shuningdek, Amerika GPS tizimiga o‘xshash Yevropa navigatsiya tizimi Galileo ham qo‘llanadi. Asosiy foydalanuvchilar harbiy tuzilmalar, politsiya va fuqarolik mudofaa xizmatlari bo‘ladi. Taklif Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar kosmik agentliklari rahbarlari tomonidan ESA'ning Bremendagi vazirlar kengashida ovozga qo‘yiladi.
Ashbaxer katta davlatlarni o‘z milliy (suveren) kosmik aktivlarini o‘rtoqlashishga ishontirish oson bo‘lmasligini tan oldi. Biroq “Yevropa uchun mustaqilligimizni va avtonomiyamizni mustahkamlash haqiqatan ham juda muhim”, deb ta’kidladi u.
Mavzuga oid
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026