Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodir yer elementlari: jahon zaxiralarining deyarli yarmi Xitoy qo‘lida
Nodir yer elementlari (NeE) – zamonaviy texnologiyaning asosi: elektrodvigatellar va shamol generatorlaridan tortib smartfonlar va yuqori aniqlikdagi navigatsiya tizimlarigacha hammasi ularga tayanadi.
Foto: AP
Visual Capitalist portali mutaxassislari AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlari asosida yaratgan yangi infografikada jahonda ma’lum bo‘lgan NeE zaxiralari qayerda joylashgani ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning juda kam sonli mamlakatlarda jamlangani alohida ta’kidlanadi.
Taqsimot juda nomutanosib. Faqatgina Xitoy Xalq Respublikasining o‘zi jahon zaxiralarining deyarli yarmiga ega, undan keyin Braziliyadagi yirik konlar keladi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, ko‘plab rivojlangan iqtisodiyotga ega davlatlarning bu resurslari juda kam.
Xitoy 44 million tonna bilan peshqadam – bu jami 91,9 million tonnali jahon zaxiralarining taxminan 48 foizini tashkil etadi. Braziliya 21 million tonna (23 foiz) bilan mustahkam ikkinchi o‘rinda, u yerdagi yirik zaxiralarning ko‘p qismi hali o‘zlashtirishning dastlabki bosqichlarida.
Hindiston (6,9 million tonna), Avstraliya (5,7 million tonna), Rossiya (3,8 million tonna) va Vetnam (3,5 million tonna) zaxiralar hajmi bo‘yicha AQShdan oldinda turadi. Jami olti yetakchi mamlakat barcha ma’lum zaxiralarning qariyb beshdan to‘rt qismini o‘z qo‘lida ushlab turibdi.
Qo‘shma Shtatlar esa faqat 1,9 million tonna NeE (2 foiz) zaxirasiga ega, bu esa ularning import va qayta ishlash zanjirlariga bog‘liqligini yana bir bor ko‘rsatadi. So‘nggi oylarda Tramp ma’muriyati AQShning Xitoy yetkazib beruvchilariga bog‘liqligini kamaytirishga harakat qilmoqda: milliy konchilik loyihalarini moliyalashtirish, ruxsatnomalar berish jarayonini tezlashtirish va ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilish uchun ittifoqchi davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali.
Mavzuga oid
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:22 / 04.12.2025
Makron Pekinga keldi: Ukraina urushi va savdo mojarolari muhokama qilinadi
19:03 / 02.12.2025