Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi start oldi
Prezident farmoyishiga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi amalga oshiriladi. Dastur orqali davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, raqamli muloqotni kuchaytirish va suiiste’molchilik xavfini kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Foto: Pexels
Farmoyishga ko‘ra, Dasturning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
fuqarolarning hayot sifatini davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali yaxshilash;
tadbirkorlikni rag‘batlantirish, mamlakatning xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligini oshirish;
raqamli boshqaruv va davlat boshqaruvi sohasida O‘zbekistonning ijobiy xalqaro imijini shakllantirish;
ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, jarayonlar shaffofligini oshirish orqali suiiste’molchilik xavfini kamaytirish.
Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzurida loyiha ofisi tashkil etiladi. Unga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Dasturni samarali amalga oshirish;
Dastur doirasida chora-tadbirlar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va Prezident huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish;
har yil yakuni bo‘yicha vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklarining byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha ishlarini baholash va natijalar haqida Prezidentga axborot taqdim etish.
Farmoyishda alohida tartib o‘rnatilib, byurokratiyani qisqartirishga oid takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish, shuningdek, amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini baholash Zero Bureaucracy raqamli platformasi orqali amalga oshirilishi belgilandi. Mazkur platforma Agentlik operatori va mulkdori hisoblanadi.
Dasturda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun davlat tashkilotlarining birinchi rahbarlari shaxsan javobgar ekani ko‘rsatib o‘tilgan.
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga bir oy muddatda:
loyiha ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy ishlar;
“Byurokratiyani bartaraf etish” milliy mukofot tanlovini har yili o‘tkazish reglamentini ishlab chiqib, Prezident Administratsiyasiga kiritish;
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Zero Bureaucracy raqamli platformasini ishga tushirish va uni muntazam yangilab borish vazifalari yuklatildi.
Farmoyish ijrosini muhokama qilish, mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifasi Prezidentning maslahatchisi Sardor Umrzoqov zimmasiga yuklatilgan.
Dastur davlat boshqaruvida “qog‘ozbozlikdan emas, natijadan manfaatdor bo‘lgan” zamonaviy, ochiq va insonparvar tizimni shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
10:12 / 17.11.2025
1 yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tizimi ishga tushadi
11:07 / 10.09.2025
Yagona portaldagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi
15:01 / 09.09.2025