Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 aprel kungi yiğilişda bu topşiriq ijrosi uçun mas’ullarga 3 oy muddat belgiladi.

Şuningdek, pudrat korxonalariga çet eldan yiliga faqat bitta maxsus texnika olib keliş çeklovi bekor qilinadi. Bu haqdagi qaror loyihasi 1 hafta içida kiritilişi kerak.

Prezident “Şaffof quriliş” reytingida quruvçilarga lizingga olingan texnikasi uçun ball berilmayotgani notöğri ekanini aytdi. Bunday texnikalar hisobga olinsa, kamida 500 ta korxonaning reytingi 1-2 poğona kötarilib, 17 trillion sömlik bozorga kiriş imkoni paydo böladi.

Quriliş vazirligiga lizingga olingan texnikalar elektron bazasini işga tuşirib, “Şaffof quriliş” tizimiga integratsiya qiliş va ball berişni boşlaş topşirildi.