Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p kvartirali uyda to‘siq konstruksiyasini o‘zboshimchalik bilan buzgan shaxs jazolanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida byurokratiyani qisqartirish va nazorat ishlari natijadorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda noqonuniy qurilishlarning oldini olish masalasi ham atroflicha ko‘rib chiqildi. 1 aprel holatiga respublika bo‘yicha 3 ming 791 ta noqonuniy qurilish obekti aniqlangan. Shundan 1 ming 933 tasi sanoat zonalari hududiga to‘g‘ri keladi. Ayrim obektlarda yerga bo‘lgan huquq, loyihalashga ruxsatnoma, kengash yoki ekspertiza xulosalari mavjud emasligi aniqlangan.
Buning oldini olish uchun yerga oid huquq vujudga kelgan vaqtdan boshlab fuqarolar va yuridik shaxslarga qurilish sohasidagi qonun talablari bo‘yicha elektron eslatmalar yuborish, “Onlayn mahalla” va “Shaffof qurilish” tizimlarini integratsiya qilish, qonunchilikdagi obektlarni ruxsatnomasiz qurganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish taklif etildi.
Ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarishda nazoratni kuchaytirish masalasi muhokama qilindi.
Qonunchilikda ko‘p kvartirali uylardagi to‘siq konstruksiyalarini o‘zboshimchalik bilan buzgan shaxslarga ma’muriy choralarni tezkor ko‘rish mexanizmi yetarli emas. 2023 yilda bunday holatlar 563 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda 2 ming 484 taga yetgan.
Ayniqsa, ekspluatatsiya muddati 50 yildan oshgan uylarda o‘zboshimchalik bilan rekonstruksiya qilish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mamlakatimizda bunday ko‘p kvartirali uylar 15 ming 270 tani tashkil etadi. Shu bois ularda toifani o‘zgartirish va rekonstruksiya qilishni cheklash, to‘siq konstruksiyalarni buzganlik uchun jarima qo‘llash vakolatini inspeksiyaga berish taklif etildi.
Kadrlar salohiyatini oshirish masalasi ham e’tibor markazida bo‘ldi. Toshkent, Namangan va Qarshi shaharlaridagi oliygohlarda Avstriyaning Vena va Italiyaning Sapiyensa universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, istiqbolli kadrlarni rivojlangan davlatlarga stajirovkaga yuborish va ularning yangi bilim-ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.
Prezident sohadagi yangiliklar amaliyot bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, hududiy studiyalardagi sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning fikrlarini tingladi. Takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
09:46 / 11.06.2026
Noqonuniy qurilishlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:56 / 06.06.2026
Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi
11:33 / 06.06.2026
O‘zbekistonda loyihalash va qurilishni parallel olib borish amaliyoti o‘zgaradi
22:34 / 05.06.2026