O‘zbekiston | 13:21 / 29.11.2025
925
1 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Saidov Albaniyaning yangi elchisi ishonch yorliqlarini qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Albaniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Gentz Petsanining ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, savdo, investitsiyalar, turizm, ta’lim va madaniy almashinuv yo‘nalishlarida aloqalarni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

«Suhbatimiz o‘zaro savdo, investitsiyalar, turizm, ta’lim va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratildi. Shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash hamda ikki tomonlama sheriklikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladigan yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida umumiy intilishlarimizni ifoda etdik», — deya ta’kidladi Baxtiyor Saidov.

Tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda muloqot va tashriflar almashinuvini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid