Jamiyat | 14:06 / 29.11.2025
976
2 daqiqa o‘qiladi

Pochta va kurerlik xizmatlari statistikasi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda

2025 yil yanvar–oktyabr oylarida mamlakatda pochta va kurerlik xizmatlari hajmi 5,5 trln so‘mga yetdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,1 foizga ko‘p. Xizmatlar hajmida eng yuqori ko‘rsatkich 2,9 trln so‘m bilan Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda pochta va kurerlik xizmatlari hajmi 5,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,1 foizga oshgan.

Statistikadan ko‘rinishicha, mazkur turdagi xizmatlar hajmida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda — 2,9 trln so‘m. Qolgan hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 64,9 mlrd so‘m;
  • Andijon viloyati — 291,7 mlrd so‘m;
  • Buxoro viloyati — 66,3 mlrd so‘m;
  • Jizzax viloyati — 42,7 mlrd so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 300,5 mlrd so‘m;
  • Navoiy viloyati — 34,6 mlrd so‘m;
  • Namangan viloyati — 161,1 mlrd so‘m;
  • Samarqand viloyati — 602,4 mlrd so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 62,1 mlrd so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 41,3 mlrd so‘m;
  • Toshkent viloyati — 433,5 mlrd so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 420,4 mlrd so‘m;
  • Xorazm viloyati — 80,5 mlrd so‘m.

Ma’lumotlar pochta va kurerlik xizmatlariga talab ortib borayotganini, ayniqsa yirik shaharlar va savdo-iqtisodiy faol hududlarda bozor hajmi sezilarli oshganini ko‘rsatmoqda.

Mavzuga oid