Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashga undovchi materiallar OAVda bepul joylashtiriladi
Prezident qaroriga asosan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni targ‘ib qiluvchi axborotlar 2026 yildan boshlab ijtimoiy axborot hisoblanadi va ommaviy axborot vositalarida bepul joylashtiriladi. Qonunga ko‘ra, OAV reklama uchun ajratgan efir vaqti yoki nashr maydoni umumiy oylik hajmining kamida 5 foiziga teng hajmda ijtimoiy axborotni joylashtirish majburiyatiga ega.
Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab:
- soliqlar haqidagi huquqiy bilimni oshirish va soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni targ‘ib qiluvchi axborotlar ijtimoiy axborot hisoblanadi va ular belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida bepul joylashtiriladi;
- har chorakda aholi, tadbirkorlik sub’yektlari va jamoatchilik vakillarining soliq organlari faoliyati yuzasidan fikrlarini o‘rganib borish hamda natijalarini OAV orqali e’lon qilish tizimi joriy etiladi.
Ma’lumot uchun, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga asosan, ommaviy axborot vositalari reklama uchun ajratilgan efir vaqti, nashr yoki reklama maydoni umumiy oylik hajmining 5 foizidan kam bo‘lmagan hajmda ijtimoiy axborotni joylashtirishi shart. Bunda davlat organlarining buyurtmasi bo‘lgan ijtimoiy axborotlar bepul joylashtiriladi.
Mavzuga oid
13:42 / 16.03.2026
Isroil raketa to‘suvchi vositalar tanqisligi haqidagi xabarlarni rad etdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
12:18 / 11.03.2026
Vadeful: Erondagi xaos hech kimning manfaatiga xizmat qilmasligi kerak
14:52 / 28.02.2026