O‘zbekiston | 09:51 / 29.11.2025
1546
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent havosida RM2,5 miqdori me’yordan 2,4 baravar yuqori qayd etildi

2025 yil 29 noyabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlari Toshkent shahri atmosfera havosida RM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi. PM10 ko‘rsatkichi esa belgilangan me’yor doirasida qolgan.

Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra:

  • RM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori 225 mkg/m³ ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan me’yor (300 mkg/m³) dan oshmagan;
  • RM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori esa 142 mkg/m³ darajada qayd etilgan bo‘lib, ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³) dan 2,4 marta yuqori.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ko‘rsatkichlarning oshishiga havo haroratining keskin o‘zgarishi ham ta’sir ko‘rsatgan. Haroratning o‘zgarishi natijasida atmosferada inversiya jarayoni yuzaga keladi, bu esa mayda zarrachalarning havo qavatida to‘planishi va ularning konsentratsiyasi oshishiga sabab bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, ayniqsa nafas yo‘llari xastaligi bor aholi qatlamiga imkon qadar ochiq havoda uzoq vaqt yurmaslik, niqob taqish va zarurat bo‘lganda mutaxassislar tavsiyalariga amal qilish tavsiya etiladi.

Mavzuga oid