Monitoring natijalariga köra:
🔹 PM10 mayda dispersli zarraçalar miqdori 96 mkg/m³ ni taşkil etdi. Uşbu körsatkiç belgilangan ruxsat etilgan me’yordan (REM — 300 mkg/m³) oşmagan;
🔺 PM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori 74 mkg/m³ ga yetgan bölib, ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³) dan 1,2 marta yuqori ekani qayd etildi.
PM2,5 — inson nafas yöllariga çuqur kirib borişi mumkin bölgan mayda zarraçalar bölib, ularning me’yordan oşişi havo sifati pasayganidan dalolat beradi. Bunday paytlarda ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali nafas yöllari yoki yurak-qon tomir kasalliklari bölgan şaxslar uçun ehtiyot çoralariga rioya qiliş tavsiya etiladi.
Şu bilan birga, havo holati doimiy ravişda avtomatik stansiyalar orqali kuzatib borilyapti, aniqlangan körsatkiçlar asosida atmosfera havosini me’yorga keltiriş böyiça tegişli çora-tadbirlar köriş uçun mas’ul idoralarga ma’lumotlar taqdim etilişi qayd etilmoqda.













