2025 yil 5 dekabr kuni soat 09:00 holatiga köra atmosfera havosi ifloslanişini monitoring qiliş böyiça avtomatik stansiyalar ma’lumotlariga binoan, Toşkent şahri havosida PM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan oşgani qayd etildi.

Xususan, PM10 zarraçalar miqdori 88,5 mkg/m³ ni taşkil etdi va bu körsatkiç ruxsat etilgan me’yor (300 mkg/m³)dan oşmagan. Şu bilan birga, PM2,5 mayda zarraçalar miqdori 64 mkg/m³ darajada bölib, belgilangan me’yor — 60 mkg/m³dan 1,07 marta yuqori ekani aniqlandi.

Ta’kidlanişiça, körsatkiçlarning oşişiga havo haroratining keskin özgarişi ham ta’sir qilgan. Harorat özgarişi tufayli yuzaga keladigan inversiya jarayoni mayda zarraçalarning havoda töplanişiga sabab böladi va atmosferadagi konsentratsiyani oşiradi.