Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAirways Airbus A320/321 samolyotlarining dasturiy ta’minotini o‘zgartirdi
Avvalroq, Airbus korporatsiyasi dasturiy ta’minotdagi muammolar tufayli A320 samolyotlari chaqirib olinishini e’lon qilgan edi.
Foto: Eurospot
Uzbekistan Airways parvozni boshqarish tizimining dasturiy ta’minotiga (DT) o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi Airbus kompaniyasining favqulodda direktivasi talablari to‘liq bajarilgani haqida xabar berdi.
Ushbu talab 2025 yil 28 noyabrda Yevropa Aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) tomonidan quyoshning kuchli radiatsiyasi natijasida apparat ta’minotidagi zaifliklarning oldini olish maqsadida Airbus A320/321 turkumidagi samolyotlarning bort kompyuterlaridan biri (ELAC) DT versiyasini almashtirish zaruriyati tufayli kiritilgan edi.
Qayd qilinishicha, 29 noyabr holatiga ko‘ra, UzAirways aviakompaniyasining barcha A320/321 ceo/neo havo kemalari dasturiy ta’minot modifikatsiyasidan o‘tdi.
Avvalroq, Airbus korporatsiyasi yaqinda A320 oilasiga mansub samolyot (Gap Meksikadan Qo‘shma Shtatlarga uchib ketayotganda balandligini keskin tarzda yo‘qotgan JetBlue samolyoti haqida ketmoqda) bilan sodir bo‘lgan hodisa - kuchli quyosh nuri radiatsiyasi parvozlarni boshqarish tizimlarining ishlashi uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga zarar yetkazishi mumkinligi, shu tufayli dasturiy ta’minotni o‘zgartirish uchun A320 oilasining «ko‘p sonli» samolyotlari qaytarib olinishini e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
17:35 / 29.11.2025
Airbus kompaniyasi A320 samolyotlarini ommaviy ravishda chaqirib oladi
15:42 / 22.11.2025
Toshkent-London-Toshkent yo‘nalishidagi reys texnik nosozlik sabab kechikmoqda
11:46 / 20.11.2025
Airbus rahbari Yevropada yadroviy qurol joylashtirishga chaqirdi
17:00 / 13.11.2025