Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi onlayn platforma orqali iste’molchilar o‘z murojaatlarini tezkor yuborishi, ularning ko‘rib chiqilishi jarayonini real vaqt rejimida kuzatishi va yakuniy natijalar bilan onlayn tanishishi mumkin bo‘ladi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchi huquqlarini himoya qilish sohasida yana bir qulay axborot texnologiyasi joriy etildi. Yangi onlayn platforma orqali jismoniy va yuridik shaxslar o‘z murojaatlarini masofadan turib yuborish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mazkur platforma orqali foydalanuvchilar nafaqat murojaat taqdim etishi, balki uning ko‘rib chiqilishi jarayonini ham real vaqt rejimida kuzatib borishi va yakuniy qaror bilan onlayn tanishishi mumkin. Bu esa murojaatlarni ko‘rib chiqishda oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Iste’molchilar o‘z murojaatlarini Fair tech yagona axborot tizimi orqali yuborishi mumkin: 👉 https://cabinet.fairtech.uz/ariza/default
Shuningdek, murojaat yo‘llash yanada qulay bo‘lishi uchun mobil ilovalar ham ishga tushirilgan. Foydalanuvchilar quyidagi platformalar orqali tizimdan foydalanishi mumkin:
Play Market orqali: 👉 play.google.com;
App Store orqali: 👉 apps.apple.com.
Yangi platforma iste’molchi murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlarini raqamlashtirish, vaqt va mablag‘ni tejash, shuningdek, fuqarolarning murojaat qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
13:33 / 27.11.2025
Xorazmda tibbiyot birlashmalari 160 ming iste’molchidan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
14:14 / 24.11.2025
Raqobat qo‘mitasi «pulli parkovka» bo‘yicha o‘rganish boshladi
12:43 / 21.11.2025
Kafe va restoranlarda qo‘shimcha undirilayotgan 15-20 foiz majburiy xizmat haqi qonunga xilof – Raqobat qo‘mitasi
10:40 / 20.11.2025