Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent havosida RM2,5 me’yordan 3 baravar yuqori
2025 yil 1 dekabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra Toshkent shahri atmosfera havosida RM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori belgilangan me’yordan 3 baravar oshib ketdi, RM10 ko‘rsatkichi esa ruxsat etilgan chegaradan oshmadi.
Foto: Kun.uz
2025 yil 1 dekabr kuni soat 09:00 da atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri havosida quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi:
RM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori — 256 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan me’yor 300 mkg/m³ dan oshmadi.
RM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori — 180 mkg/m³ ni tashkil etdi va ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³) dan 3,0 marta yuqori ekani aniqlandi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ko‘rsatkichlarning oshishiga havo haroratining keskin o‘zgarishi ham ta’sir ko‘rsatgan. Haroratning o‘zgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, natijada mayda zarrachalar past qatlamda to‘planib, atmosfera havosidagi ularning konsentratsiyasi oshishiga sabab bo‘ladi.

Mavzuga oid
09:08
Lahor–Toshkent yo‘nalishidagi ilk yuk reysi 17 tonna go‘sht olib keldi
22:31 / 13.03.2026
Toshkentdagi tirbandlik sabab avtobuslar intervali 45 daqiqagacha uzaymoqda – Transport bosh boshqarmasi
22:21 / 12.03.2026
“Yechim – tezlikni tushirish” - hokim o‘rinbosari Toshkentda YTHlar ko‘pligi haqida
19:41 / 12.03.2026