Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Zagreb o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar kuchaytiriladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Xorvatiyaning O‘zbekistondagi elchisi Refik Shabanovich (rezidensiyasi Ostona shahrida) bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy muloqot, iqtisodiy hamkorlik va 2026 yil uchun qo‘shma rejalarni muhokama qildi. Tomonlar Toshkent va Zagreb o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar va delegatsiyalar almashinuvini faollashtirishga kelishib oldi.
“Dunyo” xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari va istiqbollari ko‘rib chiqildi. 2026 yil uchun o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli o‘zbek–xorvat aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Delegatsiyalar tashriflari almashinuvi, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar, hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026