Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uitkoff Putin bilan qachon uchrashishini ma’lum qildi
AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Ukraina delegatsiyasi bilan uchrashuvi chog‘idagi tanaffus vaqtida muzokaralar ijobiy o‘tayotganini aytdi.
Foto: Reuters
Stiv Uitkoffning Mayamidagi Shell Bay deb nomlanuvchi shaxsiy golf-klubida Ukraina va AQSh vakillari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Uitkoffning so‘zlariga ko‘ra, u 2 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.
AQShning tinchlik rejasini muhokama qilish bo‘yicha muzokaralarda Uitkoffdan tashqari davlat kotibi Marko Rubio va Trampning kuyovi Jared Kushner ishtirok etmoqda. Ukraina delegatsiyasiga milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rustem Umerov rahbarlik qilmoqda.
20 noyabr kuni AQSh Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha 28 banddan iborat rejasini taqdim qilgandi. Keyinroq Jyenevada Yevropa mamlakatlari va Ukraina vakillari ishtirokida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Yakshanba kuni Umerov va Kiyevning boshqa vakillari AQSh vakillari bilan tinchlik rejasi bo‘yicha mslahatlashish uchun Floridaga bordi.
Umerovning qayd etishicha, tomonlar Ukraina kelajagi, xavfsizlik kafolatlari va nizoning qaytadan avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalarini muhokama qiladi.
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
22:15 / 04.12.2025
BRICS yagona valutasini joriy etishga shoshilishdan ma’no yo‘q – Putin
15:45 / 04.12.2025
Neft, qurol va geosiyosat. Putin nega Hindistonga davlat tashrifi bilan kelmoqda?
08:52 / 04.12.2025