Jahon | 07:28 / 02.12.2025
5872
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi butun oltin zaxirasi bitta infografikada

Hozirgi kunda oltin narxi 1980 yilda qayd etilgan inflatsiyaga moslashtirilgan oldingi pik ko‘rsatkichdan taxminan 40 foiz yuqori darajada turibdi, chunki investorlar hali ham uni qiymatni saqlashning ishonchli vositasi sifatida qabul qilmoqda.

Foto: Bloomberg/Getty Images

Yangi infografika 2024 yil oxiridagi holatga ko‘ra dunyodagi oltin zaxiralarini aks ettiradi va Umumjahon oltin kengashi ma’lumotlariga asoslanadi. Eng katta toifa — zargarlik buyumlari bo‘lib, ular 97 149 tonnani tashkil qiladi.

O‘tgan yili Hindiston dunyoda zargarlik buyumlari uchun oltinning eng yirik xaridoriga aylanib, 560 tonna sotib oldi. Ikkinchi o‘rinda — 510 tonna bilan Xitoy turibdi. Ushbu mintaqadagi mamlakatlarda oltin turmushning eng muhim voqealari — to‘ylar, marosimlar va madaniy an’analar bilan chambarchas bog‘langan.

Quymalar, tangalar va oltin bilan ta’minlangan birjada savdo qilinadigan investitsiya fondlari jami 48 634 tonnani tashkil etadi, bu esa markaziy banklar zaxiralari hajmidan (37 755 tonna) ancha yuqori. 2024 yil oxiri holatiga ko‘ra markaziy banklar zaxiralarida eng ko‘p oltinga AQSh, Germaniya va Italiya ega edi.

Sanoat yo‘nalishida — elektronika, stomatologiya va boshqa texnologiyalar bo‘yicha 32 727 tonnani tashkil qiladi. Masalan, ko‘plab yarim o‘tkazgich chiplarida oltin yuqori o‘tkazuvchanligi tufayli qoplama yoki ulagich simlar sifatida qo‘llanadi.

Foto: Visual Capitalist
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid