Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi dipmissiyasini yakunlamoqda
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilkka Ryaysyanen bilan uning mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan uchrashdi. Suhbatda o‘zaro munosabatlarning joriy holati va rivojlanish istiqbollari muhokama etildi.
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
“Dunyo” muxbiri xabar berishicha, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi (rezidensiyasi Helsinki shahrida joylashgan) Ilkka Ryaysyanen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida o‘zaro qiziqish uyg‘otuvchi sohalardagi o‘zbek–fin munosabatlarining joriy holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Finlandiya elchisi o‘z diplomatik missiyasini amalga oshirish davomida ko‘rsatilgan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ko‘mak uchun o‘zbek tomoniga minnatdorlik izhor etdi.
Ilkka Ryaysyanen 2022 yildan buyon Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
14:54 / 28.01.2026
Orpo: Rossiya urushni to‘xtatsa, Finlandiya muloqotga tayyor
09:36 / 27.01.2026
Toshkentda O‘zbekiston–Germaniya siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkazildi
14:49 / 26.11.2025
YeI Finlandiyaga nisbatan ortiqcha defitsit sababli jarima tartibini boshlamoqchi
13:34 / 20.11.2025