O‘zbekiston | 11:21 / 03.12.2025
18756
1 daqiqa o‘qiladi

Gulistondagi gazballon portlashida qurbonlar borligi tasdiqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan kadrlar

2 dekabr kuni Guliston shahridagi bozorlardan birida gazballon portlashi oqibatida 3 kishi kasalxonada halok bo‘lgan. Bu haqda shifokorlarga tayanib, Gulistonda bo‘lib turgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sirdaryo viloyati IIB xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (odam o‘lishiga olib kelgan mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1 kishi protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Avval xabar qilinganidek, portlash Guliston shahrining Taraqqiyot mahallasi hududida joylashgan MChJdagi oshxonada sodir bo‘lgan. Viloyat FVB holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan edi, lekin bunday bo‘lgani yo‘q.

Mavzuga oid