Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida qariyb 6,4 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 1,3 million kishiga yoki 24,7 foizga ko‘pdir.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida o‘zbekistonliklar eng ko‘p qo‘shni va mintaqaviy mamlakatlarga borishni afzal ko‘rgan.
O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan top-10 davlat quyidagicha shakllandi:
- Qirg‘iziston — 2,8 mln nafar;
- Qozog‘iston — 1,2 mln nafar;
- Tojikiston — 1,1 mln nafar;
- Rossiya — 370,1 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 237,1 ming nafar;
- Turkiya — 230,8 ming nafar;
- Birlashgan Arab Amirliklari — 114,1 ming nafar;
- Misr — 56,2 ming nafar;
- Xitoy — 39,6 ming nafar;
- Vetnam — 32,8 ming nafar;
- boshqa davlatlar — 204,1 ming nafar.
Qayd etilishicha, xorijga chiqish safarlari sonining ortishi aholi daromadlari o‘sishi, turpaketlar va aviaqatnovlar geografiyasining kengayishi, shuningdek, qator davlatlar bilan vizasiz rejim va yengillashtirilgan viza tartiblarining joriy etilgani bilan izohlanmoqda.
Shu bilan birga, qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonga safarlar ulushining yuqoriligi iqtisodiy, oilaviy va mehnat aloqalari, shuningdek, yaqin masofa va safar xarajatlarining nisbatan arzonligi bilan bog‘liq ekani ta’kidlanadi.
Mavzuga oid
17:50 / 19.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni keskin oshdi. Eng ko‘p tashrif qaysi davlatlardan?
14:25 / 19.01.2026
Telekom xizmatlari geografiyasi: hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar ochiqlandi
13:12 / 19.01.2026
O‘zbekistonda 474,9 ming korxona: eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelyapti
12:25 / 19.01.2026