Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
2 dekabr kuni kechqurun Toshkent shahar Yunusobod tumanida yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomobil yonib ketdi. Tezkor harakatlangan yong‘in-qutqaruvchilar yong‘inni bir necha daqiqa ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmadi.
Foto: FVV
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2 dekabr kuni soat 21:18 da Yunusobod tumani, Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan 100-uy qarshisida avtomobil yo‘l-transport hodisasi natijasida yonib ketgani haqidagi xabar kelib tushgan.
Kelib tushgan ma’lumot asosida yong‘in-qutqaruv texnikalari va navbatdagi smena shaxsiy tarkibi zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yo‘naltirilgan. Qutqaruvchilar soat 21:19 da hodisa joyiga yetib borgan.
Ma’lumotga ko‘ra, yong‘in qisqa fursatda, soat 21:22 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida insonlarning jabrlanishi yoki halok bo‘lishi holatlari qayd etilmagan.
Hozirda YTH hamda avtomobil yong‘ini yuzaga kelish sabablari va boshqa tegishli holatlar o‘rganilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar xizmati aholiga yo‘lda harakatlanish qoidalariga qat’iy amal qilish va texnika xavfsizligi talablariga rioya etishni yana bir bor eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2026
Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu'da uchta bolani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
12:22 / 16.05.2026