Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ish beruvchilar uchun yangi tijoriy elektron xizmatlar joriy etildi
Hukumat qarori bilan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Unga ko‘ra, ish beruvchilar YaMMT orqali ko‘rsatiladigan tijoriy elektron xizmatlardan o‘z xohishiga ko‘ra ixtiyoriy foydalanishi mumkin.
Foto: Fotolia
Reglamentda ta’kidlanishicha, mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlarni YaMMT kompleksiga ish beruvchilarning o‘zi tomonidan bepul ravishda shakllantirish imkoniyati cheklanmaydi. Tijoriy xizmatlar esa qo‘shimcha qulaylik sifatida taklif etiladi.
YaMMT IDAK direksiyasi (vakolatli organ) tomonidan talabgor-ish beruvchilarga quyidagi tijoriy elektron xizmatlar ko‘rsatiladi:
xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish, bekor qilish, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqidagi ma’lumotlarni YaMMT kompleksiga kiritish;
xodimlarining avvalgi ish joy(lar)i to‘g‘risida mehnat daftarchasidagi yozuvlarni YaMMT kompleksiga kiritish orqali elektron mehnat daftarchasini shakllantirish;
YaMMT kompleksida tashkilotning tuzilmasini shakllantirish.
Talabgorlar elektron tijoriy xizmatlardan foydalanish uchun o‘rnatilgan tartibda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ro‘yxatdan o‘tadi va so‘rovnoma to‘ldiradi.
Vakolatli organ so‘rovnomani 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi. Tegishli hujjatlar talablarga mos kelganda, YaMMT kompleksida mehnat faoliyatiga oid elektron ma’lumotlar shakllantiriladi va QR-kodli ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.
Mavzuga oid
18:42 / 14.04.2025
Xitoylik ayol 6 marta ishxonadan bir daqiqa erta ketgani uchun ishdan bo‘shatildi
22:35 / 13.07.2020
«50 kvadrat metrgacha bo‘lgan joyda 5 nafardan ko‘p xodim ishlashi taqiqlanadi» – Pandemiya davrida ishni qanday tashkil etish kerak?
08:03 / 07.12.2019
O‘zbekistonda barcha ish beruvchilar uchun majburiy bo‘lgan yangi talab paydo bo‘ldi
11:40 / 27.09.2019