Xitoyning Guançjou şahrida bir yil davomida işxonadan olti marotaba bir daqiqa ertaroq ketgani uçun böşatib yuborilgan xodim sudda yutib çiqdi, deb xabar beradi South China Morning Post.
Qayd etilişiça, barçasi ötgan yili, Van familiyali işçiga xodimlar bilan işlaş böyiça menejer qönğiroq qilganida boşlangan. Menejyer unga ofisning kuzatuv kameralaridagi qaydlarni körib çiqqani, unda ayol yil davomida bir neça bor iş joyini belgilangan vaqtdan bir daqiqa erta tark etgani tasvirlanganini bildirgan.
Şundan söng, u heç bir ogohlantiriş va hayfsanlarsiz Vanni şunçaki işdan böşatib yuborgan. Ta’kidlanişiça, xodimning işdagi «körsatkiçlari yetarliça yaxşi bölgan».
Van iş beruvçini mehnat huquqlari himoyasi böyiça mahalliy organ va sudga da’vo arizasini kiritgan. Sud Van işdan rejalaştirilgan vaqtdan bir daqiqa erta ketganiga qaramay, iş beruvçi uni bir tomonlama tartibda böşatib yuborişga haqqi yöq deb topgan.
Sud qarorida xodim noqonuniy ravişda böşatilgani, çunki bunga yetarliça asos bölmagani keltirilgan. Natijada iş beruvçi Vanga kompensatsiya tölaşga majbur ekani töğrisida qaror çiqarilgan, ammo uning miqdori qança ekaniga oydinlik kiritilmagan.












