Butunjahon iqtisodiy forumi ma'lumotlariga köra, 2020 yilda iş beruvçilar yangi nomzod tanlaşda yuqori baholaydigan könikmalarning kamida 3tasi 2015 yilda deyarli ahamiyatsiz deb hisoblanardi. Bunday burilişning asosiy sababi — texnologiyalar rivojlanişining tezligi.

Biroq, ekspertlar nazdida robotlar mavjud kasblarni töliq egallay olmaydi, ular özida faqatgina ma'lum bir avtomatik vazifalarni aks ettira oladi, xolos. Karera poğonalaridan ildam yuqoriga kötarilişni istagan insonlar özlarida köproq insoniy xususiyatlarni mujassam etişlari va rivojlantirişlari kerak.

Xullas, quyida  2020 yilgaça egallaşingiz lozim bölgan malakalar bilan taniştiramiz.

1. Muammolarni kompleks hal qiliş

Uşbu könikma professonalni nafaqat hamkasblar zanjirida muhim böğinga, balki xuddi maşinadagi vintikka aylantiradi. U muammoni topiş, uning omilini aniqlaş, qanday oqibatlar kelib çiqişini payqaş imkonini beradi. Eng asosiysi, uşbu xususiyatga ega bölgan mutaxassis loyiha davomida qanday köngilsizliklar kutilayotganini taxmin qila oladi va uning oldini oliş çoralarini köradi. Ekspertlar fikriga köra, muammolarni kompleks hal qiliş könikmasi 2020 yildagi 36 foiz iş örinlarida talab qilinadi.

2. Tanqidiy fikrlaş

Texnologiyalar takomillaşib bormoqda. Sun'iy intellekt 2018 yilda ötkazilgan Stenford sinovlarida öqiş va tuşuniş böyiça ilk marotaba insonni ortda qoldirdi. Biroq  rivojlanib borayotgan robototexnika imkoniyatlari tanqidiy fikrlaydigan insonlarga bölgan ehtiyojni faqat oşirmoqda. Aynan inson texnologiyadan qançalik optimal va axloq qoidalarida foydalanilayotganini baholaşi, u foyda keltirişi uçun qanday sozlaş kerakligini bilişi kerak.

3. Kreativlik (yangilik yaratuvçanlik)

Yana bir bor sun'iy intellekt dunyosidagi yangiliklarga nazar solamiz: Microsoft işlanmasi matnli texnik topşiriqqa asoslanib suratlar çizişni örgandi. Şubhasiz, bu boşlanişi xolos. Şuning uçun ham havaskor rassomlarga nisbatan ehtiyoj kamayadi. Ammo ğoyalar yaratadigan va vazifalarga noan'anaviy tarzda yondaşuvçi ijodkor kişilar iş beruvçilarda katta qiziqiş uyğotadi. Taşqi iqtisodiy faoliyat sörovnomalari natijalari ham şu haqida: 2015 yilda yaratuvçanlik talab qilinadigan könikmalar reytingida atigi öninçi örinni band qilgan edi.