Hukumat qarori bilan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat şartnomalarini röyxatdan ötkaziş, elektron mehnat daftarçalarini şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, mehnat munosabatlarini röyxatdan ötkazişda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK)dan foydalaniş taşkiliy-huquqiy şakli va idoraviy böysunişidan qat'i nazar, barça iş beruvçilar uçun majburiydir.
“YaMMT” IDAKdan foydalaniş barça yuridik va jismoniy şaxslar uçun bepuldir.
Iş beruvçi va xodim örtasida tuzilgan mehnat şartnomasini röyxatdan ötkaziş “YaMMT” IDAKga mehnat şartnomasi haqidagi ma'lumotlarni kiritiş orqali amalga oşiriladi.
Şuningdek, “YaMMT” IDAKdagi elektron mehnat daftarçasiga kiriş:
mustaqil ravişda, jismoniy şaxsning ERIdan yoki telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kiriş kodidan foydalanib – xodim tomonidan;
xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasi röyxatdan ötkazilganidan söng – iş beruvçi tomonidan amalga oşirilişi mumkin.
“YaMMT” IDAK prezidentning 2019 yil 31 oktyabrdagi qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boşlab joriy etiladi.

















